Xitoyda bir kunda 37 mln kishi kovidga chalindi
Xitoyda global COVID-19 pandemiyasi davridagi eng yomon ko‘rsatkich qayd etildi — bir kunda 37 mln kishida kasallik aniqlandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Nashr yozishicha, Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining chorshanba kuni o‘tkazilgan yopiq majlisida koronavirus bilan kasallanishlar norasmiy statistikasi e’lon qilingan.
Majlis bayonnomasiga ko‘ra, shu hafta boshida bir kunda Xitoy bo‘yicha 37 mln kishida kovid aniqlangan. Umuman olganda esa, dekabrning dastlabki 20 kunida mamlakatda 248 mln kishi yoki aholining 18 foizi kasallangani taxmin qilinmoqda.
Kasallanishlar sonining misli ko‘rilmagan darajada oshib ketishiga yaqinda Pekin karantin cheklovlarini ancha bo‘shashtirgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu esa tabiiy immuniteti past xitoyliklar orasida yuqori yuquvchan omikron shtammlarining keng tarqalishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Yopiq majlisda kovid-bemorlar o‘rtasida yuz bergan o‘lim holatlari soni ochiqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter