Xayrullo Bozorov ikki hokimni jazoladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon va Bag‘dod hokimlariga 30 foiz jarima jazosi qo‘lladi. Bu haqda viloyat hokimi farmoyishi e’lon qilindi.
5-may kuni Vazirlar Mahkamasida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va navbatdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Unda bir qator mutasaddi rahbarlar tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylari uchun belgilangan rejani bajarmagani, o‘sishni ta’minlamagani va vazifalar ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari jiddiy tanqid qilingan.
Unga ko‘ra, Bag‘dod, Yozyovon, O‘zbekiston tumanlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tasdiqlangan reja bajarilmaganligi, ushbu hudud mutasaddi rahbarlari yuklatilgan vazifalarni bajarishda qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter