Vilnyusda yuk samolyoti turar-joy binosi ustiga qulab tushdi
DHL kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737-400 yuk samolyoti Vilnyus aeroporti yaqinida halokatga uchradi.
Ma’lum qilinishicha, samolyot ikki qavatli uy ustiga qulagan.
«Guvohlarga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot DHL transport kompaniyasiga tegishli. Hodisa aeroport yaqinidagi hududda sodir bo‘ldi. Samolyot qulagan binoda kuchli yong‘in yuzaga keldi», –deb yozadi Delfi nashri.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida ikki uchuvchi va kompaniyaning ikki xodimi bo‘lgan.
Kamida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Shuningdek, samolyot qulagan uyda yashovchilardan hech kim jarohatlanmagani ma’lum qilindi.
Hozircha avariya sababi aniq emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter