Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
So‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e’tibor natijasida ma’lum o‘zgarishlarga erishilgani ta’kidlandi.
Masalan, o‘tgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatdi (2021-yilda 2,5 trillion so‘m), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021-yilda 50 million dollar).
Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilib, bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalandi (2021-yilda 9 million bo‘lgan).
Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma’lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter