Video: Amerikaliklar Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘ishga qodir robotni yaratdi
![Video: Amerikaliklar Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘ishga qodir robotni yaratdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3042232293.jpeg)
Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘ishga qodir robot yaratildi.
Amerikalik ikki nafar muhandis Rubik kubigini 0,38 soniyada yig‘ishga qodir robot yaratdi. Bu hozirga qadar qayd etilgan natijalar ichida rekord hisoblanadi, deb xabar berdi «NV.ua».
Bundan oldingi rekord 0,63 soniyani tashkil etgan bo‘lib, u germaniyalik Albert Ber tomonidan yaratilgan «Sub1 Reloaded» robotiga tegishli edi.
Tizim avvaliga qizil hamda to‘q sariq ranglarni ajratishda qiynalgan, shu sababli ixtirochilar to‘q sariq rangga qora belgilarni qo‘yib chiqishga majbur bo‘lgan.
Bu borada inson tomonidan o‘rnatilgan rekord amerikalik Patrik Ponsga tegishli bo‘lib, u Rubik kubigini 4,69 soniyada yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter