Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UNG Petro» O‘zbekiston Musulmonlar idorasi o‘tkazgan xayriya aksiyasida qatnashmoqda

«UNG Petro» O‘zbekiston Musulmonlar idorasi o‘tkazgan xayriya aksiyasida qatnashmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJning «UNG Petro» korxonasi bugungi sinovli kunlarda hayriya aksiyalaridagi ishtirokini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasining «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan karantinni uyda o‘tkazayotkan kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni birinchi navbatdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash maqsadida xayriya aksiyalarini o‘tkazib bormoqda.

Ramazon Hayiti arafasida o‘tkazilgan shunday xayriya aksiyalarida «UNG Petro» korxonasi o‘z ishtirokini davom ettirdi. Bu safar bunday xonadonlardan 35 tasiga yuqoridagi mahsulotlar yetkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring