Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp xorijga ilk tashrifini qaysi davlatdan boshlashi ma’lum bo‘ldi

Tramp xorijga ilk tashrifini qaysi davlatdan boshlashi ma’lum bo‘ldi

Foto: Evan Vucci/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp 13–16-may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt bayonot berdi.

Birinchi galda Saudiya Arabistoniga borishi mumkinligini Trampning o‘zi 1-aprel kuni aytgandi. Qolaversa, ro‘yxatda Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlari, jumladan, Qatar va BAA borligini ham qo‘shimcha qilgandi.

Trampning ilk xorijiy tashrifi Saudiya Arabistonidan boshlanishi AQShning Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan aloqalari, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlik va sarmoyalar borasida, mustahkamlanayotganidan dalolatdir.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp oldingi muddat prezidentligida ham birinchi bo‘lib Saudiya Arabistoniga kelgandi, chunki bu mamlakat AQShdan 450 mlrd dollarlik mahsulotlarni xarid qilishga rozilik bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring