Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Istiqlol ko‘chasi vaqtincha yopib qo‘yildi

Toshkentdagi Istiqlol ko‘chasi vaqtincha yopib qo‘yildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bugun, 25-may kuni Tashkent Opera Fest doirasida So‘nggi qo‘ng‘iroqqa bag‘ishlangan Simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tadbir sababli, Istiqlol ko‘chasining «Bahor» restorani oldidan Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtotransport harakati uchun soat 6:00 dan 23:00 ga qadar yopiq bo‘ladi.

«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring