Toshkent viloyatining 40 taga yaqin yo‘l qismlarida tezlik pasaytirildi (ro‘yxat)

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan ayrim aholi yashash hududlaridan tashqari yo‘llarda avtomobillar tezligini soatiga 100 kilometrdan 80 kilometr soatga kamaytirildi.
Qayd etilishicha, viloyat YHXBning 37 ta yo‘l qismlari tahlilida ushbu hududlarda og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi kamaytirilgan yo‘llar ro‘yxati tasdiqlandi.
Qaror bilan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga tezlik kamaytirilayotgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 3.24 «yuqori tezlik cheklangan» yo‘l belgilarini 5 kun muddatda o‘rnatish vazifasi yuklandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter