Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi spa salon va saunalarning yashirin faoliyati fosh etildi

Toshkent viloyatidagi spa salon va saunalarning yashirin faoliyati fosh etildi

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida, tungi klub, spa salon va saunalarda nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Natijada Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Bekobod tumani va Angren shahrida 3 ta fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, chora ko‘rilishi ta’minlandi.

Masalan, Angren shahar «Dukent» qo‘rg‘onida yashovchi 1974 y.t. X.Sh. o‘zi yashab kelayotgan dala hovlisida fohishaxona tashkil qilganligi aniqlanib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Bundan tashqari, fohishalik bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ko‘ra tegishdi hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, karantin qoidalarini buzgan 24 nafar shaxslar aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring