Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida ham aholi orasidan kasallik chiqdi

Toshkent viloyatida ham aholi orasidan kasallik chiqdi

Bugun kasalligi tasdiqlangan 69 nafar kishining 14 nafari xorijdan kelgan, 9 nafari karantin muassasalaridan, 46 nafari esa aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Agar shu vaqtga qadar asosan Samarqand, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan aholi orasidan kasalliklar aniqlangan bo‘lsa, bugun Toshkent viloyatida ham karantin nazoratida bo‘lmagan shaxsdan koronavirus chiqqan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda mamlakatimizda 3036 nafar kasallikka chalingan bemorlardan 2492 nafari butunlay sog‘aydi. Hozirda esa yurtimizning 7 ta xududidagi davolash muassasalarida  531 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring