«Tosh asri»: ruslar toshdan qog‘oz ishlab chiqarmoqchi
Rossiyalik iqtisodchi ohaktosh va toksik bo‘lmagan polimerdan idoraviy, kitob va hatto hojatxona qog‘ozlari ishlab chiqarish loyihasini taqdim qilgan.
Iqtisodchi Aleksey Yelsukov «Yangi davr uchun kuchli g‘oyalar» forumida ushbu loyihani ilgari surgan. Uning aytishicha, ohaktoshdan arzongarov zich qog‘ozlar ishlab chiqarish mumkin.
Agar butun mamlakatda bu ishga kirishilsa, hozirgi oddiy qog‘ozga qaraganda arzonroqqa ham tushadi. Shuningdek, Rossiyada bitmas-tuganmas ohaktoshlar borligini hisobga olib, iqtisodiy tomondan holatni yaxshilashga imkoni bo‘lishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, bunday qog‘ozlar O‘zbekiston, Yaponiya va Turkiyada ishlab chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter