«Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholining koronavirus infeksiyasi bo‘yicha bergan savollariga javob qaytarildi.
«Sputnik V» vaksinasi qachon oddiy aholiga qilinadi?
Sputnik vaksinasining 1 mln. doza olish uchun buyurtma berilgan. Hozirda 50 ming nafar aholini emlash uchun 100 ming doza vaksina olib kelingan. Qolgan buyurtmalar kelishi bilan xavf ostidan tashqari bo‘lgan aholiga ham taklif etiladi.
Faqat xavf osti guruhiga mansub aholini koronavirusga qarshi emlash budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) vaksinalarni favqulodda vaziyatlar uchun yana ikkita vaksinalarni ishlatishga ruxsat bergan edi — «Moderna» va «Sinofarm». Ularni bizning mamlakatimizga olib kelinishi imkoniyati bormi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra COVAX programmasi doirasida Xitoyning «Sinofarm» firmasida ishlab chiqarilgan vaksina — «Sinovak» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinishi ehtimoli bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter