Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo IESda «yong‘in xavfsizligi oyligi» boshlandi

Sirdaryo IESda «yong‘in xavfsizligi oyligi» boshlandi

Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida Sirdaryo IESning 2-qozon turbina sexi jamoasi ham puxta tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Jumladan, ish boshlanishidan avval ishchi-xizmatchilarga ushbu tadbirning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Sex rahbariyati tomonidan yong‘in xavfsizligi nozirlari bilan birgalikda sexning yong‘in xavfsizligi holati, yong‘in o‘chirish vositalari va anjomlarining navbatdan tashqari ko‘rigi xamda yong‘in o‘chirish vositalari sinovdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, sexda yong‘in xavfsizligi holati, uning qoida va talablari darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, reja asosida ishlar olib borilmoqda. 

– Bizning asosiy maqsadimiz, ushbu tadbirda faol qatnashib, loqayd bo‘lmaslik, yong‘in xavfsizligiga masalalariga jiddiy qarash, bu boradagi ishlarga vijdonan yondashish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib olganmiz, – deydi sex boshlig‘i Asror Mamajanov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring