Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

«Intellektual mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun (O‘RQ–749-son, 02.02.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Sanoat mulki ob’yektlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi belgilandi.

Shunga asosan,tegishli patentlangan sanoat mulki ob’yektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish kabi harakatlarni sodir etgan yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.

Jarima summasi miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan bir oy ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.

Qonun bilan «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, barcha yuridik yoki jismoniy shaxs o‘z nomiga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin (ilgari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan shaxslar).

Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi belgilandi.

Shunga ko‘ra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, «Firma nomlari to‘g‘risida»gi Qonunda Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi mustahkamlandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring