Shavkat Mirziyoyev yangi guvohnomalar berish tizimi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lganida haydovchilik guvohnomasi berish jarayonini bevosita kuzatgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumki, yurtimizda haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Bu guvohnomalarga ID maqomi berilgan. Ya’ni, ularga mikrochip o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsning pasport ma’lumotlari kiritiladi. Pasport bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga o‘tadi.
Davlatimiz rahbari haydovchilik guvohnomasi almashtirish tizimini yuqori baholadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter