Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba falokatida oilasi talofot ko‘rgan tadqiqotchi doktorlik unvonini oldi

Sardoba falokatida oilasi talofot ko‘rgan tadqiqotchi doktorlik unvonini oldi

Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tug‘ilgan yosh tadqiqotchi Kamola Abrorxonovaning onlayn doktorlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi. 

Tadqiqotchi «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan hodisada uning oilasi ham katta talafot ko‘rgan.

2020-yil 15-may kuni Mirzaobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyevning jabrlangan aholi bilan bo‘lgan suhbatida Kamola ham o‘z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

Diplom topshirish marosimida fan doktorlari, professor va o‘qituvchilar so‘zga chiqib, K.Abrorxonovaning doktorlik ishini yuqori baholashdi. Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi A.Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring