Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayol talashib» birodarkushlik qilgan shaxsga hukm o‘qildi

«Ayol talashib» birodarkushlik qilgan shaxsga hukm o‘qildi

Videodan lavha

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida akasini o‘ldirganlikda ayblangan fuqaroga hukm o‘qildi.

«Zamon» informatsion dasturi xabariga ko‘ra, fuqaro spirtli ichimlikka mukkasidan ketgani sabab Jomboy tumanidagi narkologiya dispanseriga joylashtirilgan. U yerda bir ayol bilan tanishib qolgan. Ular shifoxonadan chiqqach, uchrashib yurgan. Keyinchalik fuqaro qizni Samarqand shahridagi akasining uyiga olib borib, birga yashashni boshlagan.

Hodisa sodir bo‘lgan kuni aka-uka va ayol birgalikda spirtli ichimlik ichishgan. Uka mast holatda tashqariga chiqib ketib, qaytib kelganida akasi hamda ayolni ishqiy munosabat ustida ko‘rib qolgan. Jahl ustida avval ayolga, so‘ng akasiga tashlangan. Ularni bolta bilan bir necha marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanganlar shifoxonaga olib borilishiga qaramay, aka oradan ikki kun o‘tgach, vafot etgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a,d» bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring