Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahriga kirish-chiqish ertaga yopiladi. Tramvay va avtobuslar harakati ham to‘xtaydi

Samarqand shahriga kirish-chiqish ertaga yopiladi. Tramvay va avtobuslar harakati ham to‘xtaydi

2020 yil 27 mart kuni soat 06:00dan boshlab, Samarqand shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) uchun to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Samarqand shahriga kirishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarda, shuningdek, Samarqand shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, Samarqand shahrida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini olib borayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27 mart kuni soat 06:00dan boshlab Samarqand shahri hududida tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatiladi.

«Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiramiz!

Aziz samarqandliklar, Sizlarni yana bir bora karantin davrida tartib-intizom va amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga hamda zarurat bo‘lmasa uyda qolishga chaqiramiz», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring