Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik mutaxassis Fayzullayev haqida iliq fikr bildirdi

Rossiyalik mutaxassis Fayzullayev haqida iliq fikr bildirdi

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisiga aylangan deb hisoblanmoqda.

SSKAning sobiq murabbiyi Vyacheslav Chanov «qizil-ko‘klar»ning 20 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning aniq zarbasi O‘zbekiston terma jamoasini 2024 yilgi Osiyo Kubogi chorak finaliga olib chiqqani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Fayzullayev nafaqat SSKA, balki O‘zbekiston terma jamoasida ham yetakchilik qilmoqda. Abbosbek klubda o‘tkazgan davrda g‘oliblik ruhini his qildi. U o‘ziga ishonchini oshirdi», dedi u.

Transfermarkt  portali futbolchining narxini 4 million yevroga baholamoqda.Uning SSKA bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

RPLning joriy mavsumida Fayzullayev 13 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida mezbonlar — Qatarga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring