Rossiyadagi «so‘nggi qo‘ng‘iroq»da 12 nafar o‘quvchi jarohatlandi
Krasnodar (Rossiya)da so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri boshlanishi arafasida kuchli shamol maktab tomining bir qismini uchirib yerga qulatdi. Hodisa oqibatida kamida 12 nafar bola jarohatlangani aytilmoqda.
Voqea haqida Krasnodar shahri hokimi Yevgeniy Naumov bugun, 25-may sanasida bayonot berdi.
Prokuratura jabrlanganlarning sonini aniqlashtiryapti, turli og‘irlikdagi jarohat olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter