Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini qo‘lga oldi
Rossiyaning Rostov-na-Don shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan ayblanuvchi ikki xodimni garovga oldi.
Departament bayonotida aytilishicha, hozirda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bo‘limdagi vaziyat nazorat ostida ekani aytilgan.
Voqea joyida boshqarma boshlig‘i, huquq-tartibot idoralari xodimlari va prokurorlar ishlamoqda.
Moskvadan markaziy komissiya hodisani o‘rganish uchun Rostovga jo‘nagan.
Aytilishicha, ushbu mahkumlar terroristik jinoyatlarda ayblanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter