Rossiya Shimoliy Koreyaga sun’iy yo‘ldoshlar qurishda yordam beradi
Rossiya Shimoliy Koreyaga sun’iy yo‘ldoshlar qurishda yordam beradi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Bugun, 13 sentyabr kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurib, mamlakat rahbari Vladimir Putin bilan «Vostochniy» kosmodromida uchrashdi.
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuv marosimi yagona texnik majmuaning raketalarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish binosining asosiy kirish qismida bo‘lib o‘tdi.
«KXDR rahbari raketa texnologiyasiga katta qiziqish bildirmoqda, ular ham koinotni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Shuning uchun biz bu yerga keldik», – degan Putin.
Jurnalistlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik masalasi muhokama qilinadimi, degan savol bilan Rossiya prezidentiga yuzlanishgan.
«Biz barcha masalalarni asta-sekin muhokama qilamiz. Vaqt bor», – deya javob bergan Vladimir Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter