Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raneri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Raneri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

«Roma» bosh murabbiyligini yaqinda tark etgan Klaudio Raneri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.

«Italiya futbol federatsiyasi prezidentiga berilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman, bu katta sharaf. Ammo men o‘ylab ko‘rdim va «Roma»dagi yangi rolimga sodiq qolishga qaror qildim,» - deydi mavsum yakunlangach, «Roma» xo‘jayinlarining maslahatchisiga aylangan 73 yoshli Raneri.

Raneri 2024-yilning noyabrida, murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan bir necha oy o‘tib, uchinchi marta «Roma» boshqaruvini qo‘lga olgandi. Natijada jamoa mavsumni beshinchi o‘rinda yakunladi.

Mutaxassis faoliyati davomida «Chelsi,» «Atletiko,» «Inter,» «Monako» va boshqa klublarda ishlagan. 2016-yilda «Lester» bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 8-iyun kuni Italiya terma jamoasini 2023-yil yozidan buyon boshqarib kelayotgan Luchano Spalletti iste’foga chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring