Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda

Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda

Norasmiy manbalarda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir ekani xabar qilindi. U koronavirus tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va xabar qilinishicha, o‘pkasiga jiddiy zarar yetgan bo‘lib, og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi.

Manba tomonidan ma’lum qilinishicha, shifokorlar Ramzan Qodirov ikki-uch hafta muqaddam koronavirusga chalinganini aytmoqdalar. U bemor tanishini yo‘qlab borganda kasalni yuqtirib olgani tahmin qilinyapti. Qodirov kasallikka chalinganidan so‘ng bir hafta o‘tib «o‘zini odatdagidan ko‘ra ancha yomon» his qilgan, ammo buni oddiy shamollashga yo‘ygan. Hozir esa o‘pkasiga jiddiy zarar yetgan holatda Moskvadagi kasalxonada yotibdi.

Ramzan Qodirov Moskvaga keltirilgani 21 may sanasida ma’lum qilingan edi. Rossiyada koronavirus kasalligini shuningdek yana bosh vazir Mixail Mishustin va prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham yuqtirib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring