Qozog‘istondagi yarim marafonda ikki qatnashchi vafot etdi

Kecha, 20-aprel kuni Olmaotada o‘tkazilgan yarim marafon (Almaty Half Marathon, 21,1 km)ning ikki qatnashchisi vafot etdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilari tomonidan xabar berildi.
Birinchi bo‘lib 84 yoshli Akkoyan Rsaliyev vafot etgan. Birinchi kilometrdayoq otaxonning ahvoli og‘irlashib, yiqilgan. Bir daqiqada yetib kelgan tez yordam xodimlari uning yuragi urishdan to‘xtaganini qayd etishdi. «Dastlabki tashxis: o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Unda surunkali arterial gipertenziya bo‘lgan», — dedi tibbiyot xodimlaridan biri.
21 yoshli Nurbol Ahmadi 16-kilometrda hushidan ketdi. Shifokorlar yetib kelganida uning ham yuragi to‘xtagandi, jonlantirishga urinishlar natija bermadi. Unga qo‘yilgan dastlabki tashxis ham Rsaliyevniki bilan bir xil.
O‘limlarning aniq sababi sud-tibbiyot ekspertizasidan so‘ng ma’lum bo‘lishi va marhumlarning oila a’zolari bundan xabardor qilinishi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter