Qozog‘istonda davlat nomini o‘zgartirish taklif etildi
Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi, «Ak jol» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Azat Peruashev mamlakat rasmiy nomini Qozoq respublikasi deya o‘zgartirishni taklif etdi. Bu haqda «Nur.kz» xabar berdi.
«Biz hukumatga «Qozoq Respublikasi» nomi variantini ko‘rib chiqishni taklif etdik» degan Peruashev jurnalistlarga. Mazkur taklif un yetakchilik qilayotgan fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullangan.
U mazkur qaror «tarixiy adolat» masalasi ekani va «mamlakatni uni tashkil etgan xalq nomni bilan atash tajribasi» ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida Tojikistonning nomini ham o‘zgartirish bo‘yicha takliflar yangragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter