Qo‘qonda «Gaz 52» bilan to‘qnashib ketgan «Isuzu» avtobusi ag‘darildi

Bugun, 2019 yilning 27 dekabrida, soat taxminan 8.30 da Qo‘qon shahridagi Movarounnaxr va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida yuk mashinasi va avtobus to‘qnashib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.
Ichida 20 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan «ISUZU» rusumli avtobus «Gaz 52» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan va natijada avtobus yonboshiga ag‘darilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra avtobus ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan 10 nafari tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter