Qizil dengizda yaxta cho‘kib ketdi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan
Qizil dengizda sayyohlarni olib ketayotgan yaxta cho‘kib ketdi, 17 kishi bedarak yo‘qolgan.
Sea Story yaxtasi Misr qirg‘oqlarida cho‘kib ketdi, bortida 31 yo‘lovchi va 14 ekipaj a’zosi bo‘lgan. 28 kishi qutqarilgan, yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan, deydi Misr rasmiylari.
Omon qolganlar Marsa Alam janubidagi Vodi al-Gemal hududidan topilgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Qolgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Yaxta 23-noyabr, shanba kuni Marsa Al Alam yaqinidagi portdan besh kunlik sho‘ng‘in kruizi uchun jo‘nab ketdi. Kema dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 05:30 (Toshkent vaqti bilan 08:30) da favqulodda signal berdi.
Sea Story kompaniyasi Dive Pro Liveaboard kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u hozircha hodisaga izoh bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter