Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda «jazolovchilar» guruhi qo‘lga olindi

Qibrayda «jazolovchilar» guruhi qo‘lga olindi

2023 yil 22 yanvar kuni bir nechta noma’lum shaxslar tomonidan 1998 y.t. Sh.A. va 2003 y.t. J.X.larni urib tan jarohati yetkazganlik holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video bo‘yicha aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga asosan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni fosh etish borasida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni 2000 y.t. M.A. hamda X.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida navbatdagi bezorilik jinoyatini amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelgan vaqtida ushlanganlar.

Hozirda jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari hamda ularni boshqa jinoiy holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv tadbirlari hamda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring