Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Putin Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar brifingida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi almashilgan sovg‘alar haqida gapirdi.

Peskovning qayd etishicha, Kreml bunday narsalarni namoyish qilmaslikka harakat qiladi, biroq ikki davlat rahbarlari so‘nggi uchrashuvda o‘zaro bir qancha sovg‘alar almashishgan. 

Putin Shimoliy Koreya yetakchisiga bir necha bor koinotda bo‘lgan kosmik skafandr qo‘lqopi sovg‘a qilgan. Kim Chen In o‘z navbatida Putinga Shimoliy Koreya qurol ustalari tomonidan ishlab chiqarilgan karabinni sovg‘a qildi.

Bundan boshqa sovg‘alar qanaqa ekani ochiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va KXDR yetakchilari 13-sentyabr kuni Uzoq Sharqda uchrashuv o‘tkazdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring