Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Koronavirusga chalingan bemorlar orasida 11 nafar shifokor bor»

Prezident: «Koronavirusga chalingan bemorlar orasida 11 nafar shifokor bor»

Illyustrativ foto

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemor orasida 11 nafar shifokor ham bor, deya qayd etdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

26 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar orasida 11 nafar shifokor ham bor.

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan.

Mana shu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovchi mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda, deya qo‘shimcha qilgan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring