Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident islomiy moliyalashtirishga oid qonunni imzoladi

Prezident islomiy moliyalashtirishga oid qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–765-son, 20.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilolari hisoblanadi.

Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln so‘mgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar – islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.

Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgacha) mikroqarzlar (50 mln so‘mgacha) beradi.

Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.

Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring