Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Markaziy sinov laboratoriyalari xalqaro hamda davlat standartlari talablariga moslashtirilmoqda (foto)

«O‘zbekneftgaz»: Markaziy sinov laboratoriyalari xalqaro hamda davlat standartlari talablariga moslashtirilmoqda (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida» 2019-yil 15-avgustdagi PQ–4419-sonli qaroriga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining «Sinov laboratoriyalarini texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2020-yil 28-iyulda 456-sonli qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi topshirig‘i bilan barcha korxonalardagi Markaziy sinov laboratoriyalarini ushbu nizomga va  O‘z Dst ISO 17025–2019, O‘zDst 3410–2019 xalqaro hamda davlat standartlari talablaridan kelib chiqqan holda Akkreditatsiya markazi tomonidan rasman tasdiqlashni tashkil qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimida ishlab chiqarilayotgan va qayta ishlanayotgan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish bo‘yicha sinov bazalarini modernizatsiya qilish, mavjud laboratoriyalarni zarur zamonaviy uskunalari, nazorat o‘lchov asboblari va kimyoviy reaktivlar bilan ta’minlash hamda ular faolyatini aktivlashtirish bo‘yicha 2021-yilda bajariladigan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, Sho‘rtan neft va gazni qazib chiqarish Markaziy sinov laboratoriyasiga zamonaviy asbob-uskunlari sotib olish va ularni bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha tuzilgan chora-tadbirni bajarilish rejasi hamda amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

«Muborak» gazni qayta ishlash zavodining Markaziy sinov laboratoriyasiga zamonaviy asbob-uskunlar sotib olish hamda zavodning 50 yillik yubileyi oldidan tuzilgan tadbirlar rejasini amalga oshirish masalalari kelishib olindi.

Shu o‘rinda aytish joizki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot davlat standartlariga muvofiqligi hamda ishlab chiqarishni nazorat qiladigan sinov laboratoriyalaridagi jarayonlar shaffofligini ta’minlash maqsadida mutaxassislar malakasi oshirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring