O‘zbekistonning Pokistonga yangi elchisi tayinlandi
6-oktyabr kuni O‘zbekistonning Pokistonga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher To‘xtayev Islomobodga yetib bordi.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar Alisher To‘xtayev O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, yangi tayinlangan elchi O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so‘ngra rais o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ingliz va boshqa bir qator xorijiy tillarni biladi.
Alisher To‘xtayev 2021–2024-yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o‘rniga tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter