O‘zbekistonning O‘mondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
52 yoshli diplomat 2018–2024 yillarda O‘zbekistonning Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi Bosh konsulligini boshqargan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda Buxoro viloyatidagi davlat tuzilmalarida boshlagan va Buxoro davlat universitetida arab tilidan dars bergan. 1999-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida TIVning Buxoro bo‘limi, Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy departamenti, Misr va Saudiya Arabistonidagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Abdusalom Xatamov 2018–2021 yillarda O‘zbekistonning O‘mondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Anvar Abduhalimov o‘rniga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter