O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlandi.
Bunga qadar G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nodir G‘aniyev 53 yoshda. Toshkent Davlat universitetining filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. U 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab kelmoqda, markaziy apparatida va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiya elchiligidan oldin esa Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter