O‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 mingta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda Germaniyada yoshi 18-35 orasida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun 50 mingta bo‘sh ish o‘rni haqida e’lon berdi.
Unda quyidagi soha va kasblarda bo‘sh o‘rinlari taklif etilmoqda:
- hamshira;
- yuk avtomobili haydovchisi;
- yuk va qishloq xo‘jaligi avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- mehmonxona;
- restoran;
- turizm;
- hunarmandchilik;
- mexatronika;
- qurilish va boshqa sohalar.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yuqoridagi soha va kasblarda oylik maosh fuqarolar – Ausbildung asosida ishga jalb qilinganida 1000 yevrodan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga jalb qilinganida esa 2000 yevrodan boshlanadi.
Agentlikka ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar nemis tili kurslarida o‘qitiladi (yoki nemis tilini B1 darajada bilishi talab etiladi).
Germaniyaga Ausbildung asosida ishga borish haqida quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter