O‘zbekistonda noyob tibbiy operatsiya o‘tkazildi: tafsilotlar
SSV O‘zbekistonda noyob operatsiya o‘tkazilgani haqida xabar berdi.
Milliy tibbiyot markazida 53 yoshli bemorga aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishini endoprotezlash hamda chap uyqu arteriyasini o‘ng uyqu arteriyasiga shuntlash bo‘yicha ikki murakkab jarrohlik usuli bir vaqtning o‘zida qo‘llanildi.
Ushbu noyob amaliyot davomida bemorning aorta devoridagi zaiflashgan va qatlamlangan qismi maxsus stentograft endoprotezi yordamida qayta tiklandi.
Ma’lumki, aorta yoyi anevrizmasi qatlamlanishi aortaning yorilish xavfini keltirib chiqaradigan og‘ir holatdir. Jarayon davomida kam invaziv yo‘l bilan endoprotez aorta ichiga joylashtirilib, qon oqimi tiklandi va bemorning hayoti xavfsizligi ta’minlandi.
Mazkur murakkab jarrohlik usuli arterial qon aylanishini tiklashga qaratildi. Shuntlash usuli yuqori aniqlikni talab qiladi. Amaliyot davomida qon ta’minoti muammolarini bartaraf etish maqsadida chap uyqu arteriyasi o‘ng uyqu arteriyasiga ulab berildi, deyiladi xabarda.
Ushbu noyob operatsiya O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib bajarilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter