Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kompyuter ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda kompyuter ishlab chiqariladi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining «Veidong Kloud Edukation Group» kompaniyasi o‘rtasida onlayn videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot natijalari ko‘ra, umumiy qiymati 4 mln dollarlik «Elektron ta’lim tizimini joriy etish uchun kompyuter uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida»gi loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Xitoyning yirik «Veidong Kloud Edukation Group» kompaniyasi dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga zamonaviy elektron ta’lim sistemalarini joriy etish va kompyuter uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori tajribaga ega tashkilot hisoblanadi. Kompaniya 16 ta mamlakatda faoliyat yuritib, ko‘plab yirik loyihalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistondagi mavjud talabni qondirish maqsadida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi yana bir tashabbusga qo‘l urdi. Yangi loyiha doirasida uch tomonlama kelishuv imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar aqlli sinf xonalari uchun kompyuter uskunalari va boshqa yordamchi uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani 2020 yil oxiriga qadar amalga oshirishni boshlaydilar. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralari ham inobatga olingan.

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari va o‘qituvchilarning talab va xohishidan kelib chiqib, alohida biznes-reja ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarilayotgan uskunani keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish mas’uliyatini Xitoy tomoni o‘z zimmasiga olmoqda. Asosiy gap unda mehnat qilayotgan va servis jarayonlaridagi kadrlarni tayyorlash, stajirovka qilish va malakasini oshirish ustida bormoqda. Loyihada bu masalalar ham alohida e’tiborga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring