Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qancha odam ishga muhtojligi rasman ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha odam ishga muhtojligi rasman ma’lum qilindi

2019-yil 22-may O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida hisobot berdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda. 

Vazirning hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishini tashkil etmoqda.

Hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (o‘sish - 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o‘sish - 1,3%) nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o‘sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.

Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o‘tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida – 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring