Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda benzin narxi oshmaydi va taqchillik bo‘lmaydi

O‘zbekistonda benzin narxi oshmaydi va taqchillik bo‘lmaydi

«O‘zbekneftegaz» Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «UNG Petro» korxonasi yurtimizda benzin savdosida taqchillik va narx oshishi kuzatilmasligi haqida bayonot berdi.

«Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini birlashtiruvchi boshqaruv kompaniyasi va «UNG» milliy brendi asosida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi «UNG Petro» korxonasi quyidagilarni bildiradi.

Bugungi kunda mazkur tashkilot aholiga tunu-kun xizmat qilishni davom ettiradi. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari faoliyati to‘xtatilmaydi.

Neft mahsulotlarining narxi oshirilmaydi. Avtobenzin va dizel yoqilg‘isining miqdori aholiga yetarli darajada.

Vahimaga hech ham o‘rin yo‘q. Xizmatingizga doimo tayyormiz», — deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga korxonaning ishonch telefoni ham e’lon qilingan: 71-200-01- 24.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring