Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ostonada «ShHT+» uchrashuvi boshlandi

Ostonada «ShHT+» uchrashuvi boshlandi

Foto: Akorda.kz

Bugun, 4-iyul kuni Ostonadagi Mustaqillik saroyida kengaytirilgan formatdagi «ShHT+» uchrashuvi boshlandi. Qatnashchilar birdamlik, hamjihatlik va taraqqiyot masalalarini muhokama qilishadi.

Tadbir qatnashchilari:

Qozog‘iston, Hindiston, Eron, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qatar, BAA, Turkiya va Turkmaniston davlat va hukumat rahbarlari, ShHT bosh kotibi hamda ShHT terrorizmga qarshi tuzilmasi mintaqaviy direktori;

qolaversa:

Ras al-Xayma amirligi hukmdori Shayx Saud bin Saqr al Qosimiy, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Tani, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsux;

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, shuningdek, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha islom tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring