Oltin bir haftada 59 dollarga qimmatlashdi
Oxirgi hafta davomida — 24–30-yanvar kunlari oltin 59 dollarga qimmatlashdi, 1 troya unsiyasi (28,3 gramm) og‘irligidagi oltin iiymati 2777,69 dan 2816,49 dollarga chiqdi. Bugun tongda Chikago tovar birjasi (CME)da aprel fyucherslari 1 troya unsiyasi uchun 2852,06 dollardan sotildi.
Umuman olganda, yil davomida oltin 56,34 foizga qimmatlashdi.
Yaqin kelajakda oltin qiymati uchun yangi rekord o‘rnatilishi mumkin, chunki Xitoy o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun sariq metallni sotib olishni ko‘paytirdi, deb yozdi Bangkok Post nashri.
Eslatib o‘tamiz, doimiy geosiyosiy keskinlik fonida 2024-yilda deyarli barcha mamlakatlar o‘z oltin zaxiralarini to‘ldirishda davom etdi. Eng yirik xaridor 14,1 tonna oltin sotib olgan Turkiya bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda — Hindiston (5,1 tonna), uchinchi — Xitoy (5 tonna) ekanligi World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisobotidan ma’lum bo‘lmoqda.
Dunyo mamlakatlarining oltin zaxiralari:
- AQSh — 8 133.46 tonna
- Xitoy — 2 264.32
- Shveysariya — 1 039.94
- Hindiston — 853.63
- Yaponiya — 845.97
- Tayvan — 422.69
- Saudiya Arabistoni — 323.07
- Singapur — 227.61
- Braziliya — 129,65
- Janubiy Koreya — 104.45
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter