Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton va Olmaotadagi korxona va tashkilotlar 30-martdan ishni to‘xtatadi

Nursulton va Olmaotadagi korxona va tashkilotlar 30-martdan ishni to‘xtatadi

Foto: lh3.googleusercontent.com

Nursulton va Olmaota shaharlaridagi korxona va tashkilotlar 30 martdan 5 aprelgacha ishlashni to‘xtatadi, deb xabar bermoqda «Zakon.kz».

Sayt xabariga ko‘ra, Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin boshchiligidagi davlat komissiyasi selektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Komissiya mulkchilik shaklidan qat’i nazar ushbu shaharlardagi barcha korxona va tashkilotlardagi ishni 30-martdan 5-aprelgacha to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Faqat markaziy davlat organlari, hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari, sog‘liqni saqlash tizimi, OAV, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar va ayrim hayotiy muhim tashkilotlar bundan mustasno.

Ushbu muddatda ishlamaydigan korxona va tashkilotlar ro‘yxati hokimliklar bilan kelishilgan holda shakllantirilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun: Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi sababli 16-martdan favqulodda holat joriy etilgan. Aksariyat bemorlar davolanayotgan kasalxonalar joylashgani uchun Nursulton va Olmaota shaharlari karantinga yopilgan. 27-mart sanasining ayni daqiqalariga kelib Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni 124 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring