Nohaq o‘limga hukm qilingan yaponga 1,4 mln dollar to‘lanadi

Nohaq o‘limga hukm qilinib, 47 yil umrini jazoni kutib qamoqda o‘tkazgan yaponiyalik Ivao Hakamadaga 217 mln iyena (1,44 mln dollar) tovon to‘lanadi. Bu haqda Kyodo xabar berdi.
O‘z xo‘jayini, uning xotini va ikki bolasining qotili sifatida ayblanib, 1968-yilda o‘limga hukm qilingan Ivao Hakamada o‘tgan yili sud tomonidan oqlangandi.
Ivao Hakamada hozir 89 yoshda, qotillik yuz bergan 1964-yilda 28 yoshda bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter