Navoiyda 60 nafar mahbusga insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llanildi
Navoiy viloyatidagi Jazoni ijro etish koloniyasida 60 nafar mahbusga insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan tomonidan mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan 60 nafar mahbusga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilgan.
Ulardan 46 nafari, Jinoyat kodeksining 113-moddasiga asosan, manzilli koloniyalarga ko‘chirilgan. Tuzalish yo‘liga o‘tgan, koloniyada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilgan va intizomiy jazolanmagan 11 nafar mahkumga nisbatan 73- (Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) va 74-modda (Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) qo‘llanilgan. Uch nafar mahkumga nisbatan jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilish hukmi tayinlangan.
«Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlar orasida novvoylik, sartaroshlik hunarlariga ega bo‘lganlar bor. Ushbu hunarlarni egallash uchun sertifikatga ham ega bo‘lishgan. Shartli ozod etilganlar ushbu hunarlari orqali doimiy yashash manzillarida jamiyat hayotiga moslashib, to‘g‘ri turmush tarzi yo‘lidan bora oladilar, degan umiddamiz», — dedi jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi Mehriddin Kamolov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter