Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 4700 metrlik chuqurlikdan neft olina boshlandi

Namanganda 4700 metrlik chuqurlikdan neft olina boshlandi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Tergachi qishlog‘ida yangi neft qudug‘i ish boshladi.

«Andijonneft» AJ tomonidan «Tergachi» 25-sonli qudug‘ida burg‘ulash ishlari uchun loyihalashtirish va quduq nuqtasi qo‘yilgan edi. 2020 yil 23 mart kuni ishchilar 4700 metr chuqurlikda burg‘ulash ishlarini olib borishdi va yakunda ushbu quduqdan neft olina boshlandi.

Quvonarlisi, ish faoliyati boshlanganiga bir kun bo‘lishiga qaramay ushbu quduqdan, kunlik 17 tonna neft olinishiga erishildi.

«O‘zbekneftgaz» Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring