Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrokreditbank So‘x tumanida 5 milliard so‘mlik loyihalarni  amalga oshirmoqda

Mikrokreditbank So‘x tumanida 5 milliard so‘mlik loyihalarni  amalga oshirmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan Farg‘ona viloyati So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Bank axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatda So‘x tumanini rivojlantirish bo‘yicha «Mikrokreditbank» ATB tomonidan qiymati 5 mlrd. so‘m (shundan, o‘z mablag‘i 2,8 mlrd. so‘m, bank krediti 2,2 mlrd. so‘m) bo‘lgan 6 ta loyiha belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarni ishga tushirish orqali jami 140 nafar yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.

Jumladan, «So‘x dunyo jahon trans» MChJga Logistika xizmatini tashkil etish uchun 1,8 mlrd. so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i hisobidan 800 mln. so‘m, bank krediti 1 mlrd. so‘m) loyiha, tumandagi «Hayotxoni Mashxuriy so‘xiy» MChJ mebel ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 500 mln. so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i 300 mln. so‘m, bank krediti 200 mln. so‘m) loyiha, «Maskani Ma’murai Suxi» xususiy korxonasiga aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obe’ktini tashkil etish uchun 1 mlrd. 450 mln. so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i 900 mln. so‘m, bank krediti 500 mln. so‘m) loyiha, hududdagi «Tilloyev Nabijon» MChJ avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun 500 mln. so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i 400 mln. so‘m, bank krediti 100 mln. so‘m) va boshqa shu kabi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan hamda bosqichma bosqich moliyalashtiriloqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2020 yil tumanning Sebzor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida «Farmonjon mini market» xususiy korxonasi tomonidan adras, atlas va trikotaj mahsulotlari shu bilan birga ipakda qo‘lda gilam to‘qish kooperatsiyasi tashkil etildi.

Ushbu loyihalar orqali tumandagi 120 nafar kam ta’minlangan oila vakillarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Loyihaning quvvatiga qarab, bank tomonidan kredit ajratilishi rejalashtirilgan. 

«Albatta, yuqoridagi loyihalarni sifatli amalga oshirish uchun hududda bank shoxobchasi faoliyat yuritishi talab etiladi. Shundan kelib chiqqan holda tumandagi «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy Bank xizmatlari markazi yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring