Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukoyl amaldorining haqorati yuzasidan davlat idoralaridan munosabat so‘raldi

Lukoyl amaldorining haqorati yuzasidan davlat idoralaridan munosabat so‘raldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY» mas’uliyati cheklangan jamiyati amaldori – bosh energetik Ivan Aleksandrovich Shilovning Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani haqidagi xabarlar (video) tarqaldi.

O‘zbekiston «Adolat» SDP ushbu holatga o‘z munosabatini bildirdi:

«Adolat» SDP bu holat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 13-moddasidagi «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi» degan me’yorga zid, deb hisoblaydi va shu sababli Lukoyl rahbariyati hamda tegishli davlat organlaridan bu masalaga oydinlik kiritib, qonun ustuvorligini ta’minlashni so‘rab qoladi.  

Videotasvirdan yaqqol ko‘rish mumkinki, rahbar qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmatsizlik bildirgan.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi videotasvirda gavdalangan holat yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borish, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqqan mansabdor shaxsning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlik masalasini muhokama qilish, natijasi haqida ommaga xabar berish zarurligini qayd etadi va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi mas’ul davlat organlarining munosabatini so‘raydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring